Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabida taniqli baletmeyster, rejissyor va prodyuser, Rossiya xalq artisti Andris Liyepa bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Andris_Liepa_1.jpgAndris Liyepa – rus balet sanʼatining yetakchi namoyandalaridan biri. U 1980 yilda Moskva xoreografiya bilim yurtini tugatib, sakkiz yil mobaynida Katta teatr sahnasida koʻplab rollarni ijro etgan. Hozirgi kunda A.Liyepa “Kremlyovskiy balet” teatrining badiiy rahbari va bosh baletmeysteri.

Uchrashuvda Andris Liyepa ijodiy faoliyati haqida toʻxtalib, balet spektakllaridan parchalar namoyish etdi. Shu kunlarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik Katta teatrida sahnalashtirilayotgan “Jar – ptitsa” va “Shaxerezada” balet spektakllari haqida batafsil maʼlumot berdi.

 

M.Toshqorayeva, OʻzA