Sharq tabobati markazi

Navoiy shahrida “Ziyo shifo” sharq tabobati markazi ish boshladi. Muassasada bemorlar asosan sharqona uslubda – giyohlar, noyob malhamlar, sharbat va igna refleksoterapiya yordamida davolanadi.
6.jpg
– Tibbiyot maskanimiz terapiya va xirurgiya yoʻnalishida aholiga xizmat koʻrsatadi, – deydi tabobat markazi bosh shifokori Mamat Mavlonov. –Shuningdek, bu yerda yurak qon-tomir, ichki, onkologik va boshqa kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qoʻyish, davolash uchun zamonaviy moddiy-texnik imkoniyat mavjud. Tibbiy xizmat koʻrsatish jarayoniga malakali mutaxassislar jalb etilgan. Istiqbolda xorijning yetakchi klinikalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirganmiz.
Obyekt qurilishiga 3 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Uch qavatli bino 30 qatnovga moʻljallangan. Bu yerda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar bepul koʻrsatiladi.

 

Siroj Aslonov (surat), OʻzA