Rasman! Lopetegi endi “Real Madrid“ ustozi emas

Madridning “Real“ klubi kecha tunda jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan shartnomani bekor qildi.
Florentino Peres boshchiligidagi direktorlar kengashining bu qarorga kelishiga “qaymoqranglilar“ning soʻnggi vaqtlardagi qoniqarsiz natijalari sabab qilib koʻrsatilmoqda.
“Real“ga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib, “Kastilya“ jamoasini boshqargan Santyago Solari tayinlandi. Argentinalik mutaxassis bugundan oʻz vazifasiga kirishadi.
Eslatib oʻtamiz, Lopetegining “Real“ bilan oxirgi uchrashuvi 28-oktabr kuni boʻlib oʻtgan “el-klasiko“ boʻldi. Jamoa La Liga doirasidagi oʻyinda azaliy raqibdan 5:1 hisobidagi magʻlubiyatni qabul qilib oldi.

 

O’zA