Oʻzbekiston U-19 ayollar terma jamoasi OCH saralashida guruhda 1-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.
Karima Yoʻldosheva shogirdlari Guam, Maldiv orollari, BAA va Qirgʻiziston terma jamoalari bilan bir guruhda bahs olib bordi.
Guam terma jamoasi 8:0, Maldiv orollari 20:0, BAA va Qirgʻiziston terma jamoalari esa bir xil 3:1 hisobida taslim etildi. Natijada futbolchi qizlarimiz Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Ikkinchi bosqich saralash bahslari kelasi yil bahorda boʻlib oʻtadi.

 

OʻzA