Prezident Indoneziya xalqiga taʼziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning “Lion Air” kompaniyasiga tegishli samolyotning qulashi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur taʼziya bildirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

OʻzA