“Taraqqiyot strategiyasi” markazi – Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi: hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha muzokaralar

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi – Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi: hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha muzokaralar

Shu kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari “Bir makon, bir yoʻl: Yevroosiyoda barqarorlik va farovonlik” uchinchi Shanxay xalqaro forumida ishtirok etmoqda.

Bugun, 25-oktyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Akmal Burxonov Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi (SHIFA) partiya komissiyasi kotibi, Yuy Sinxue hamda SHIFA huzuridagi “aql markazlari”ni oʻrganish markazi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida mamlakatlarimizning tahlil institutlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekistonda kechayotgan jadal islohotlar sharoitida ikki davlat axborot-tahlil institutlari va “aql markazlari”ning faol aloqalarni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.

SHIFA partiya komissiyasi kotibi Yuy Sinxue muntazam ravishda yuqori darajadagi uchrashuv va tadbirlar tashkil qilish va sohada axborot almashish nafaqat davlatlarning axborot-tahlil sanoatini rivojlantirishga, balki Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga imkon berishini taʼkidladi.

Muzokaralar chogʻida Xitoy tomoni ikki mamlakat “aql markazlari”ning hamkorlik formatini kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlash, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida 2018-yilning aprel oyida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumida bayon etilgan kelishuvlarni izchil roʻyobga chiqarishga kelishib olindi.

OʻzA

  26.10.2018, 08:30  |    174 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!