Poytaxtimizda “INNOWEEK” innovatsion gʻoyalar haftaligi boshlandi

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz”da xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “INNOWEEK” innovatsion gʻoyalar haftaligi boshlandi. 
“INNOWEEK” – mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi biznes munosabatlarini yoʻlga qoʻyish, potensial sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Mazkur xalqaro forumda joriy yilda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, hududlarda joriy etilgan innovatsiyalar va kelajakdagi aniq istiqbollari, 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi mohiyatini ommaga yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha muhokama boʻlib oʻtadi.
Innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida keyingi kunlar ijtimoiy, moliya-bank, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyotning real sektori hamda davlat boshqaruvidagi innovatsiyalar hamda shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalarning namoyishi boʻyicha konferensiya oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
3.jpg
4.jpg
5.jpg

 

Davron Sunnatov, OʻzA