Yurtimiz yoshlarini yetuk va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarishga mamlakatimizda alohida eʼtibor qaratib kelinadi.

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Koreya Respublikasining “Siloam Center for the Blind” xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda koʻzi ojiz, imkoniyati cheklangan bolalarni sanʼat va musiqaga qiziqtirib, ularning ichidan eng iqtidorlilarini tanlab olish maqsadida bir qatortadbirlarni oʻtkazib kelmoqda.

Xuddi shunday navbatdagi hamkorlikdagi tadbirlardan biri sifatida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Arirang” qariyalar uyida xayriya konserti tashkil etildi.

Konsert dasturi nuroniy otaxon va onaxonlarda katta taassurot qoldirdi.“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “Siloam Center for the Blind” xayriya tashkiloti tomonidan keksa avlod vakillariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xayriya loyihasi davom etmoqda.

 

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA