DIQQAT! TANLOV! Jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qildi!
“Davergeodezkadastr” jurnalistlar oʻrtasida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash” (KMRKTM) loyihasi, KMRKTMning maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun koʻriladigan foyda” mavzusida tanlov eʼlon qilmoqda.
Mazkur tanlovni oʻtkazishdan maqsad, bu jamoatchilik diqqatini eng dolzarb ijtimoiy masalalarga qaratish va KMRKTM loyihasining ijobiy amaliyoti va jihatlarini keng yoritishdan iboratdir.
Asosiy vazifa – KMRKM loyihasining davlat va fuqarolar uchun ijobiy taʼsirini keng yoritish va targʻibot qilish, Davergeodezkadastr qoʻmitasi va keng jamoatchilik, steykxolderlar va professional uyushmalar oʻrtasidagi samarali hamkorlik namunalari toʻgʻrisida maʼlumot berib borish. Tanlovda jurnalist tekshiruvi va reportaj janrlarida yozilgan maqolalar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi postlar koʻrib chiqiladi. Unda turli OAV da ishlovchi hududiy jurnalistlar hamda oʻziga xos noyob kontentlarni yaratayotgan blogerlar ishtirok etishlari mumkin.
Davergeodezkadastr qoʻmitasi Ekspertlar kengashining qaroriga koʻra, Tanlovga 2018 yil 1 noyabrdan 2019 yil 1 yanvargacha OAV da eʼlon qilingan (efirga uzatilgan) materiallar taqdim etiladi. Tanlovga ishlarning taqdim etilishi OAV tahririyatlari va material mualliflari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tanlov besh nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:
• “Respublika bosma OAVlarida eʼlon qilingan eng yaxshi maqola”;
• “Hududiy bosma OAVlarida eʼlon qilingan eng yaxshi maqola”;
• “Elektron OAVlarda eʼlon qilingan eng yaxshi maqola”;
• “Eng yaxshi videorolik”;
• “Eng yaxshi audiorolik”.
Tanlovga taqdim etilgan ishlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
• Videorolik: Tanlov mavzusi boʻyicha istalgan janrda tayyorlanib, televideniye va/yoki elektron OAVlarda namoyish etilgan materiallar videotasviri. Videoyozuv xronometraji – 60 soniyadan ortiq emas.
• Audiorolik: Tanlov mavzusi boʻyicha istalgan janrda tayyorlanib, radio va/yoki elektron OAVlar orqali efirga uzatilgan etilgan materiallar audioyozuvi. Audioyozuv xronometraji – 60 soniyadan ortiq emas.
• Bosma OAV:
o tahririyat uchun: gazetaning kamida 5 ta sonida, jurnalning kamida 3 sonida bosma va elektron koʻrinishda chop etilgan maqolalar;
o alohida mualliflar uchun – tanlab olingan nominatsiyalarning har birida kamida 3 ta material.
• Elektron OAVlardagi maqolalar – kamida 3 ta maqola (tashriflar soni va saytga havola (manzil)
Tanlovga taqdim etilgan ishlar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
• Tanlangan nominatsiyaga muvofiqligi.
• Materialda umumiy mavzuning toʻliq va ochiq yoritilishi.
• Professional mahorat.
• Gʻoyaning, ijodiy syujetning ifodalanishi va amalga oshirilishidagi oʻziga xoslik (originallik).
• Gʻoya va syujet mazmunining ifodalanishi va ochib berilishidagi asoslanganlik va xolislik.
• Bayon etish tilining aniqligi va tushunarliligi.
Ishlar oʻzbek va rus tillarida taqdim etiladi. Taqdimotning afzal varianti – elektron koʻrinishda taqdim etilgan materiallar.
Davergedezkadastr qoʻmitasi Ekspertlar kengashi “Respublika bosma OAVlarida eʼlon qilingan eng yaxshi maqola”, “Hududiy bosma OAVlarida eʼlon qilingan eng yaxshi maqola” va “Elektron OAVlarda eʼlon qilingan eng yaxshi maqola” nominatsiyalari boʻyicha Tanlovda birinchi oʻrinni olgan bitta gʻolibni, Tanlovda ikkinchi oʻrinni olgan bitta laureatni va Tanlovda uchinchi oʻrinni olgan bitta laureatni aniqlaydi.
Birinchi oʻrin sohibi boʻlgan gʻolib planshet va Davergedezkadastr qoʻmitasining diplomi, 2-oʻrin sohibi – USB-flesh-toʻplagichi (1TV) va Davergedezkadastr qoʻmitasining diplomi, 3-oʻrin sohibi – kompyuter kolonkalari va Davergedezkadastr qoʻmitasining diplomi bilan taqdirlanadi.
Davergedezkadastr qoʻmitasi Ekspertlar kengashi “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi audiorolik” nominatsiyalari boʻyicha 1-oʻrinni egallagan bittadan gʻolibni aniqlaydi. “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib televizor va Davergedezkadastr qoʻmitasi diplomi, “Eng yaxshi audiorolik” boʻyicha gʻolib planshet va Davergedezkadastr qoʻmitasining diplomi bilan taqdirlanadi.
Ekspertlar kengashi Tanlovda ishtirok etishi uchun oʻzbek OAV monitoringi natijalariga koʻra tanlab olingan maqolalar (syujetlar)ni taklif qilish huquqiga ega.
Tanlovga elektron koʻrinishda “OAV Tanlovi” belgisi bilan taqdim etiladigan materiallar 2018 yil 31 dekabrgacha Tanlov@ygk.uz manzili boʻyicha qabul qilinadi.
Tanlov yakunlari Davergedezkadastr qoʻmitasi rasmiy saytining https://www.facebook.com/uzkadastr/ sahifasida va https://t.me/goskomgeodezkadastrtelegram-kanalida eʼlon qilinadi.
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash boʻyicha tantanali marosim 2019 yil fevral oyida Davergedezkadastr qoʻmitasining binosida oʻtkaziladi.
Taqdirlash marosimi oʻtkaziladigan sana va joy haqida Tanlov laureatlarini aniqlash ishlari yakunlanganidan keyin qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
“Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi 
matubot xizmati

 

OʻzA