XXR Raisi Si Szinpinning Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktubi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 69 yilligi munosabati bilan yoʻllagan samimiy tabrigingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Joriy yil boshidan Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy tendensiya davom etib,oʻzaro siyosiy ishonch muttasil mustahkamlanib bormoqda. “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini birgalikda roʻyobga chiqarishda yangi muvaffaqiyatlarga erishildi, xalqlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv va doʻstlik izchil mustahkamlanmoqda. Siz bilan Sindao shahrida SHHT sammiti doirasidagi uchrashuvimizni tez-tez eslayman, ushbu uchrashuvdan soʻng ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha biz qabul qilgan yangi rejalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.

Men Xitoy – Oʻzbekiston aloqalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qarataman, oʻrtamizda shakllangan amaliy munosabatlar va shaxsiy doʻstlikni yuksak qadrlayman. Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yoʻlida izchil rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida bundan buyon ham Siz bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirishga umid qilaman.

Sizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, Oʻzbekiston xalqi farovonligi yoʻlidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlartilayman.

Si SZINPIN,
 
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi