O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q A R O R   Q I L A D I :

1. Quyidagilar:

Akrom Jo‘raqulovich Utayev muddatsiz davrga

Voxid Mamataliyevich Nazarov muddatsiz davrga

Gulnora Anvarovna Mirzayeva besh yil muddatga

Ibragim Isakovich Tadjiyev o‘n yil muddatga

Lukmon Muxtarovich Kadirov muddatsiz davrga

Nishanmurod Muxtarovich Mirzaalimov o‘n yil muddatga

Umidaxon Adxamovna Imomova o‘n yil muddatga

Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev o‘n yil muddatga

Xamra Jaxangirovich Berdiklichev o‘n yil muddatga

Xurshid Iskandarovich Qosimov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi                       N.Yo‘ldoshev 

Toshkent shahri, 2017-yil 4-oktabr