Aleksandr Baliskiy: “Oʻzbekistondagi oʻzgarishlar, rivojlanishlar telekanalimiz auditoriyasining doimiy eʼtiborida”

“Oʻzekspomarkaz”da tashkil etilgan matbuot markazida jurnalistlar rasmiy tashrif tafsilotlarini yoritishda davom etmoqda.
– Rasmiy tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari, hukumatlararo, vazirlik va idoralar oʻrtasidagi hujjatlarni imzolash marosimini rossiyalik jurnalistlar uchun ham juda ahamiyatlidir – deydi “Rossiya 1” telekanali muxbiri Aleksandr Baliskiy. – Albatta, ushbu bitimlarda ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar aks etgan. Saʼy-harakatlar esa davlatlarimiz rivojiga xizmat qiladi. Kun davomida Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlariga oid koʻplab tadbirlarni yoritdik. Bu bizning birinchi tashrifimiz emas. Soʻnggi yillarda yurtingizdagi koʻplab islohotlarga guvoh boʻlmoqdamiz. Oʻzbekistonda boʻlayotgan istiqbolli oʻzgarishlar, rivojlanishlar telekanalimiz auditoriyasining doimiy eʼtiboridadir. Xalqingizning mehmondoʻstligi, mehr-oqibati sira oʻzgarmagan.

 

OʻzA