Oʻzbekistonda xususiy bandlik agentliklari tashkil etiladi

Oʻzbekistonda xususiy bandlik agentliklari tashkil etiladi

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish faoliyati bilan endilikda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qatorida xususiy bandlik agentliklari ham shugʻullanishi mumkin.
Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keltirilgan.
Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash boʻyicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
Bunda chet elda ish bilan taʼminlash boʻyicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyadi.
Mazkur mablagʻlar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi.

 

OʻzA

  19.10.2018, 09:58  |    641 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!