Rasmiy tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlariga asosan Adliya vazirligi va organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining masʼul lavozimlariga tayinlandi.
Adliya vazirligidan maʼlum qilishlaricha, Jizzax viloyati adliya boshqarmasining boshligʻi Behzod Rahmatilloyevich Boliyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Aholining ijtimoiy qatlamlari bilan ishlash shoʻbasi mudiri lavozimiga;
Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining bosh maslahatchisi Eldor Alisherovich Hasanbayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish shoʻbasi yetakchi konsultanti lavozimiga;
Adliya vazirligi hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasining bosh maslahatchisi Bobur Bahodirovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Davlat hokimiyati respublika organlari bilan ishlash shoʻbasi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

 

OʻzA