Rasmiylikdan xoli uchrashuv oʻtkazildi

Unda jurnalist kasbining mashaqqati, soha oldida turgan dolzarb muammolar, kasb etikasi, jurnalist imidji xususida fikr almashildi.
photo5334880063952365961.jpg
Poytaxtimizda joylashgan “Book Cafe”da Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining talabalar, magistrantlar va universitet tayyorlov kursi abiturentlari uchun jurnalistika sohasida katta tajribaga ega teleboshlovchi Roksana Obidova va mohir stilist Bekzod Saidov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
photo5334880063952365968.jpg
Rasmiylikdan xoli, samimiy suhbat koʻrinishida oʻtgan uchrashuvda jurnalist kasbining mashaqqati, soha oldida turgan dolzarb muammolar, kasb etikasi, jurnalist imidji xususida fikr almashildi.
– Bu yerga jurnalist boʻlish istagida oʻqib-izlanayotgan yoshlar, talabalar jam boʻlgan. Ularga qarata, inson qanday kasb egasi boʻlishidan qatʼi nazar, avvalo, yuqori bilimga ega boʻlishi shart. Buning uchun esa koʻplab badiiy, ilmiy asarlarni mutolaa qilishi lozim, – deydi teleboshlovchi Roksana Obidova.
Uchrashuvda universitet rektori Sh.Qudratxoʻjayev ham ishtirok etib, jurnalist kasbining mashaqqati va sharafli damlari xususida oʻz fikrini bildirdi.
Shuningdek, stilist Bekzod Saitov ishtirokchilar uchun jurnalist qiyofasi haqida maslahat va tavsiyalarini berdi.

 

I.Ahatova, F.Abdurasulov (surat), OʻzA