“Moviy va oq — Buyuk Ipak yoʻli ulugʻvorligi ramzi” koʻrgazmasi ochildi

Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay muzeyi va Shanxay Fan va Texnologiya muzeylari bilan hamkorlikda “Moviy va oq — Buyuk Ipak yoʻli ulugʻvorligi ramzi” nomli koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Koʻrgazmada sanʼatshunoslar, muzeyshunoslar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
– Mazkur tadbirni Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi bir necha asrlik madaniy, savdo aloqalarining davomi deyish mumkin, – deydi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismailova. – Biz bu yil Xitoydagi eng katta muzeylardan boʻlgan Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay muzeyi va Shanxay Fan va Texnologiya muzeylari bilan hamkorlik memorandumini imzoladik. Bugungi koʻrgazma mana shu Memorandum asosida tashkil etilgan ilk loyihadir. Koʻrgazmamiz “Bir makon — bir yoʻl” shiori ostida oʻtmoqda. Koʻrgazmada xitoy chinnisi, uning yaratilishi tarixidan xabardor boʻlish bilan birga, bezak berish bilan bogʻliq mavzuda mahorat darslarini ham tashkil etish rejalashtirilgan.
8.JPG
Koʻrgazma joriy yilning 15-dekabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

 

I.Ahatova, T.Mamadaminov (surat), OʻzA