Issiq kuz: Sayyoramiz tabiiy ofatlar bilan kurashmoqda

Xalqaro ob-havo tahlillari bu yilgi kuz boshqa yillarga nisbatan issiq kelganini koʻrsatmoqda. Bu haqda “euronews“ xabar berdi.

Yevropada kuzning birinchi oyi issiqlik darajasi boʻyicha rekord koʻrsatkichni qayd etdi. Eng yuqori koʻrsatkich Portugaliya va gʻarbiy Ispaniyada kuzatildi.

Yaponiyada yil boshida kuzatilgan uzoq davom etgan yogʻingarchilik, yer koʻchkilari, suv toshqinlari va rekord darajadagi issiq ob-havodan soʻng ikkita halokatli toʻfon mamlakatga jiddiy ziyon yetkazdi.

Filippin, Xitoy va Gonkongdagi kuchli tropik iqlim 134 kishining hayotiga zomin boʻldi.

AQSHdagi “Florens”, “Maykl“ toʻfonlar esa mamlakatga jiddiy moddiy zarar yetkazish bilan birga oʻnlab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi.

Shu bilan birga, muz qatlami erishi natijasida Arktikada dengiz yoʻlining kengayishi kuzatildi. Bu sentyabr oyida Daniya konteyner kemasining birinchi bor shimoliy dengiz tomon harakatlanish imkonini berdi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA