Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 15 oktyabrdagi buyrugʻiga asosan, Samadov Salom Ismatovich Toshkent viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. 
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
S.Samadov 1963 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati F.Xoʻjayev tuman prokuraturasida boshlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

 

OʻzA