RASMIY TAYINLOV

Hukumat qarori bilan Farxod Islamovich Salamov Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, har bir qishloqda, aholi yashaydigan joyda, har bir xoʻjalik hududida bank infrastrukturasini yaratish, respublikada yashovchi har bir kishi bank xizmatlari tizimidan foydalanishini taʼminlash, xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazgan holda aholiga keng koʻlamli bank xizmatlari koʻrsatish AT Xalq bankining asosiy vazifalaridan etib belgilangan.

 

OʻzA