Zamonamiz qahramonlari

Nafaqat yosh avlodga, balki barcha yoshdagi insonlarga namuna, ibrat boʻluvchi zamonamiz qahramonlari timsolini yaratish eng dolzarb ahamiyat kasb etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili dekabr oyida Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan marosimda qishloq xoʻjaligi sohasida salmoqli yutuqlari, halol mehnati bilan hammaga oʻrnak boʻlayotgan Oʻzbekiston Qahramonlari Azim Latipov, Avaz Ergashev, Anorboy Eshmatov, Parda Ziyodov, Sarsenbay Seytnazarov, Isoxon Bahromov, Siyosatxon Abdullayeva, Avaz Hosilov, Gulmat Hayitmetov, Sharifboy Rajabov, Ahmad Narzullayev, Abdumurod Bozorov, Abdurayim Homidov, Patilaxon Ergasheva, Xalchaxon Mirzayeva, Toʻra Narziyevlar nomini faxr bilan tilga oldi.
OʻzA ijodiy jamoasi nomlari Prezidentimiz tomonidan hurmat bilan tilga olingan fidoyilar haqida “Billurning gardishi yoxud zamondoshlarimiz siyratiga chizgilar” nomli kitob yaratdi.
“OʻzA kutubxonasi” turkumida “Akademnashr”da chop etilgan ushbu kitobda mazkur qahramonlar haqidagi maqola va ocherklar jamlangan.
Bugundan boshlab mazkur kitobdan joy olgan zamonamiz qahramonlari haqidagi hikoyalar bilan tanishib borasiz.
Sizda kitob qahramonlari hayoti bilan yanada yaqindan tanishish istagi paydo boʻlsa, quyidagi telefon raqamlari va elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Telefonlar: (71) 233-07-69, (71) 233-21-58, (90) 660-23-32, (93) 501-23-04
Faks: (71)233-24-45
Email: pochta@uza.uz, info@uza.uz
Saytimizni kuzatib boring!

 

OʻzA