Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi

Yelisey saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.
Muzokarada Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Davlat rahbarlarining muzokaralari davom etmoqda.
a9cbd814-0fe4-ffd0-5d54-b595d3461d9c.jpg
a11edad1-de9c-64ff-1516-5526607dbdb9.jpg
OʻzA