Fransiya matbuoti Oʻzbekiston boshlagan yangi tashabbus haqida

Shu kunlarda Fransiya matbuotida Oʻzbekistonga bagʻishlangan maqolalar eʼlon qilinmoqda. Xususan, “France24“ telekanali sayti 5-oktyabrdan fransuz sayyohlari uchun Oʻzbekistonga 1 oylik vizasiz tizim joriy etilgani ijobiy voqea boʻlganini yozdi.

Maqolada yurtimizda soʻnggi yillarda turizm, eksport, ishlab chiqarish sohalarida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida Oʻzbekiston dunyo hamjamiyati koʻz oʻngida yangi qiyofada namoyon boʻlayotgani, Prezidentimizning ichki siyosatdagi odilona qarorlari, tashqi siyosatda xorij, xususan, Yevropa davlatlari bilan hamkorlik munosabatini mustahkamlash yoʻlidagi saʼy-harakatlari bunda muhim omil boʻlayotgani taʼkidlangan.

Maqolada Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rahbarlik faoliyati davomida Yevropa davlatlari orasida birinchilardan boʻlib Fransiyaga tashrif buyurayotgani qayd etilgan. Shuningdek, Yevropa mamlakatlari orasidan birinchi boʻlib Fransiya fuqarolari uchun mamlakatimizga vizasiz kelish tizimini joriy etgani alohida eʼtirof etilgan.

 

Z.Mirzaboyeva, OʻzA