Taniqli fransuz yozuvchisi Amin Maaluf insoniyat sivilizatsiyasining markazlaridan biri – Samarqand shahri tarixi, madaniyatining tolmas targʻibotchisi, koʻplab badiiy pishiq asarlar muallifi sifatida Samarqandda hurmat, eʼzoz topgan. Yozuvchining “Samarqand” romani alohida tarixiy, adabiy-badiiy qiymatga egadir. Bundan 30 yil muqaddam chop etilgan ushbu asar qadim Samarqandning boy tarixida yorqin sahifa ochdi. Asar nafaqat fransuzlar, balki barcha yevropaliklar nazarida Samarqandning yangicha qiyofasini belgiladi. Roman sharq xalqlari tarixi, milliy urf-odatlari, oʻchmas va oʻlmas anʼanalarini oʻzida mujassam etgan.

267px-Amin_Maalouf_par_Claude_Truong-Ngoc_novembre_2013.jpgYuqoridagilarni inobatga olib, Samarqand ahli, ijodkorlar tashabbusi va xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining qarori bilan yozuvchiga “Samarqand shahar faxriy fuqarosi” unvoni berildi.

Markaziy Osiyo tarixi bilimdoni, taniqli arxeolog olim Frans Grenega “Samarqand shahar faxriy fuqarosi” unvoni berildi.

Markaziy Osiyo tarixi bilimdoni, taniqli arxeolog olim Frans Grene Samarqand tarixining tamal toshi boʻlgan qadimiy Afrosiyob shahri xarobalaridagi devoriy suratlarni oʻrganish, restavratsiya qilish va qayta tiklash hamda Samarqand shahrining 2750 yilligini aniqlash ishlarining tashabbuskori va fidoyisi hisoblanadi. Olimning ilmiy xulosalari va bevosita amaliy ishtiroki natijasida VII-VIII asrlarga oid qadimgi Afrosiyob hukmdori Varxumanning xorijiy elchilarning qabul qilish jarayoni aks ettirilgan bebaho devoriy surati qayta tiklandi.

Olimning Samarqand tarixini oʻrganish, tadqiq etish, tiklash borasida olib borilayotgan ilmiy faoliyati yuksak qadrlanib Samarqand shahri faollari, ilmiy jamoatchiligining tashabbusi, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining qarori bilan “Samarqand shahar faxriy fuqarosi” unvoni berildi.

Fransiyadagi “Temuriylar tarixi va madaniyatini oʻrganish assotsiatsiyasi” prezidenti, taniqli tarixchi olima Frederik Bopertyus-Bressen xonimga “Samarqand shahar faxriy fuqarosi” unvoni berildi.

Fransiyadagi “Temuriylar tarixi va madaniyatini oʻrganish assotsiatsiyasi” prezidenti, taniqli tarixchi olima Frederik Bopertyus-Bressen xonimning buyuk davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur va temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi rivoji, insoniyat maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi jahonshumul oʻrni, ahamiyatini chuqur tadqiq etgan olima sifatidagi xizmatlari eʼtirofga sazovor.

Nafaqat boy tariximiz, bitmas-tuganmas maʼnaviy boyliklarimiz targʻibotchisi, balki madaniyatimiz, tariximiz, maʼnaviyatimizning jonkuyari sifatida nafaqat Fransiyada balki, butun jahonda taniqli olimaning “Moviy Samarqand”, “Sehrli Samarqand” nomli suratli kitoblari yuksak qadrlanadi.

Olimaning ushbu xizmatlarini inobatga olgan holda Frederik Bopertyus-Bressen xonimga Samarqand shahri faollari, ilmiy jamoatchiligining tashabbusi, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining qarori bilan “Samarqand shahar faxriy fuqarosi” unvoni berildi.

 

OʻzA