Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Parij shahriga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Parij shahriga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Parij shahriga keldi.
 
Parij, 8-oktyabr. 
OʻzA maxsus muxbiri Abu Bakr OʻROZOV xabar qiladi
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Orli” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Bugun davlatimiz rahbari BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda Oʻzbekiston va YUNЕSKO oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021-yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati raisi bilan va Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashishi koʻzda tutilgan.

 

OʻzA

  08.10.2018, 16:29  |    464 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!