Yashash joyidan beriladigan maʼlumotnomalar bekor qilindi

2018-yil 15-oktyabrdan davlat xizmatlari koʻrsatilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan qator hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 15-oktyabrdan davlat xizmatlari koʻrsatilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;

shaxsning ishsizligini;
bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
shaxsning tavsifnomasi.
Endilikda davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur boʻlsa, mazkur maʼlumotlar davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.

2020-yil 1-yanvardan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan FHDYO organlaridan mustaqil ravishda olinadi.

 

OʻzA

  05.10.2018, 07:44  |    263 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!