Yosh olimlar uchun grant tanlovi gʻoliblarioʻn million soʻmbilan taqdirlanadi

Yosh olimlar uchun grant tanlovi gʻoliblarioʻn million soʻmbilan taqdirlanadi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 1-noyabr kuni “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovda respublikamiz Oliy taʼlim muassasalari, Ilmiy tadqiqot markazlarining bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan va mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning maqsadi startap, innovatsion va amaliy loyihalarini maqsadli qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarishga tatbiq etishdan iborat.
“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi ijtimoiy-gumanitar, tabiiy hamda aniq fanlar yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Innovatsion loyihalar 2018-yil 25-oktyabr kuniga qadar Toshkent shahar, Qatortol koʻchasi, Maʼmuriy hudud binosi 60 B-uy “Respublika yosh olimlar kengashi”da qabul qilinadi.
Grant loyihasi 6 oyga moʻljallanib, tanlov natijasiga koʻra har bir gʻoliblar oʻn million soʻm bilan taqdirlanadi.

 

I.Ahatova, OʻzA

  05.10.2018, 07:23  |    389 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!