Huquqbuzarlikni oldini olishda Yaponiya bilan tajriba almashildi

Bosh prokuratura Akademiyasida Yaponiya Adliya vazirligi va Nagoya universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrifi doirasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Oʻzbekiston va Yaponiya tajribasi” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.
Bosh prokuratura axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, seminar davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish sohasida Yaponiya tajribasi oʻrganildi. Xususan, yoʻl-transport hodisalari, oʻz joniga qasd qilish holatlari bilan bogʻliq huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, shuningdek, Yaponiyada jazo tayinlash va jazodan ozod qilish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, seminarda Oʻzbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va bu boradagi Oʻzbekiston tajribasi yoritildi.

 

OʻzA