Qoraqalpogʻistonda yoshlar sport haftaligi

Nukus shahrida umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, talabalar, mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda. 
– Sport haftaligida shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, turnikda tortinish va boshqa sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilayotir, – deydi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisi A.Daniyarov. – 1 oktyabrda start olgan sport haftaligi Qoraqalpogʻistonning barcha shahar va tumanlarida 6 oktyabrga qadar davom etadi.

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA