Oʻzbekiston va AQSH taʼlim vazirlarining tarixda ilk marotaba uchrashuvi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi delegatsiyasining AQSHga tashrifi doirasida 2018 yil 3 oktyabr kuni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va AQSH Taʼlim vaziri (US Secretary of Education) Betsy Devos oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda vazirlik Axborot xizmati.
Tomonlar xalq taʼlimi yoʻnalishida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borishdi.
Xabarda aytilishicha ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tarixida birinchi marotaba taʼlim vazirlari oʻzaro uchrashgan.

 

I.Ahatova, OʻzA