Valeriya “Scorpion” filmiga saundtrek kuyladi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim qilinayotgan “Scorpion” trillerining saundtreki mashhur qoʻshiqchi, Rossiya xalq artisti Valeriya tomonidan ijro etiladi. 
Kartina mualliflarining xabar qilishicha, hozirda saundtrekga videoklip olish jarayonlari ketmoqda. Valeriya – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti xuzuridagi madaniyat va sanʼat kengashi aʼzosi, 13 marta “Zolotoy grammofon”, 4 marta “Muz-TV” va boshqa koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan.
“Scorpion” filmi shu yili Toshkentda oʻtkaziladigan “PROlogue” xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida gala-premyerasi boʻlishi kutilmoqda.

 

OʻzA