Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi boshlandi

Birlashgan Arab Amirliklari savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Ibrohim al Mahmud boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Bugun tashrif doirasida poytaxtimizning “International Hotel Tashkent“ mehmonxonasida Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi tashkil etildi.
Biznes forumning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Suhrob Xolmurodov, savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Birlashgan Arab Amirliklari savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Ibrohim al Mahmud va boshqalar soʻzga chiqdi.
Tadbirda mamlakatimiz vazirlik va idoralari rahbarlari, viloyat hokimliklari, “Oʻzbekenergo“ AJ, “Oʻzbekneftgaz“ AJ, “Oʻzqurilishmateriallari“ AJ, “Oʻzeltexsanoat“ AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding“ XK, “Oʻzagrotexsanoatxolding“ XK va BAA savdo-sanoat palatasi, yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda biznes-forum davom etmoqda.

 

Malohat Husanova, OʻzA