Xanchjoudagi ipak muzeyida boʻlganmisiz?

Dunyoda bir-biridan qiziqarli muzeylar koʻp. Ana shunday muzeylardan biri Xanchjou shahridagi milliy ipak muzey boʻlib, Yuxuan togʻining etagida joylashgan.
1992 yilning 26 fevralida asos solingan muzeyda mehmonlar ipak tarixi bilan tanishadilar. Bu yerda ushbu ajoyib tabiiy materialning kelib chiqishi, yuksalish bosqichlari va turlari haqida bilib olishingiz mumkin.
photo5283283724177353080.jpg
Muzey turli mavzulardagi koʻrgazma zallariga boʻlingan boʻlib, Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan hududlarda olib borilgan qazishmalarda topilgan qimmatli asarlar ham joy olgan.
Tarix xonasida fotosuratlar va ipakdan tayyorlangan turli qadimiy buyumlar mavjud. Bu yerda 5 ming yil avval ishlab chiqarilgan mahsulotning oʻziga xos xususiyatlari va ilgʻor texnik yutuqlari bilan, ipak qurti va tut daraxti zalida qurtlarning rivojlanish jarayoni va qimmatli tabiiy materiallarning kelib chiqishi jarayonlar bilan tanishish imkonini beradi.
Bezatish va toʻquv zalining turli binolarida mehmonlar ipak matolar ishlab chiqarishning muhim bosqichlari va turli ishlab chiqarish vositalarini koʻrishlari mumkin. Baʼzi uskuna va mashinalarni qoʻl bilan tegish va ishlatib koʻrish mumkin.
Zamonaviy yodgorliklar zalida esa ipak ishlab chiqarishdagi texnologik yangiliklarni namoyish etuvchi koʻrgazmalar mavjud. Shuningdek, ipak matolar va ipak mahsulotlarini sotishda Xitoyning muvaffaqiyatlari ham aks ettirilgan.

 

OʻzA