“Arsenal“ klubi yarim himoyachisi Yevropa ligasi guruh bosqichining 2-turida ishtirok etmaydi

Londonning “Arsenal“ klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Yevropa ligasi guruh bosqichining 2-turida “Karabax“ga qarshi oʻtadigan oʻyinda maydonga tusha olmaydi.

29 yoshli futbolchi Armaniston va Ozarbayjon davlatlari oʻrtasidagi uzoq yillardan buyon davom etayotgan siyosiy mojarolar sabab bu oʻyinga bormaydi.

Eslatib oʻtamiz, “Karabax“-“Arsenal“ uchrashuvi joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:55 da boshlanadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA