Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 3-oktabr kuni Toshkentda yigʻin boshlaydi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 3-oktabr kuni Toshkentda yigʻin boshlaydi

Otabek Gʻulomxoʻjayev murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oktabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashishi haqida xabar bergan edik.
Ushbu safar oldidan terma jamoamiz 3-oktabr kuni “Chigʻatoy” sport bazasida yigʻinga kirishadi. 3-oktabrdan 7-oktabrgacha davom etadigan yigʻinda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” klubining oʻrinbosarlariga qarshi nazorat oʻyini oʻtkazadi.
Malagada boʻlib oʻtadigan musobaqada Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10-oktabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13-oktabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi soʻnggi oʻyin 15-oktabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.
Xalqaro musobaqa
Malaga, Ispaniya
 
10-oktabr
Fransiya U-18 – Oʻzbekiston U-17
 
13-oktabr
Oʻzbekiston U-17 – Belgiya U-18
 
15-oktabr
Oʻzbekiston U-17 – Shotlandiya U-18

 

ЎзА

  02.10.2018, 13:16  |    318 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!