Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turiga start beriladi

Yevropa jamoalari oʻrtasidagi eng yirik turnir hisoblanmish Yevropa Chempionlar Ligasining 2-tur oʻyinlari ham boshlanmoqda. Bugun va ertaga klublar oʻz uchrashuvlarini oʻtkazishadi.
Oʻtgan turda oʻz uyida “Lion”ga magʻlub boʻlgan Pep Gvardiola shogirdlari bugun Germaniyaga safar uyushtirishadi. “Reyn-Nekkar-Arena”da boʻlib oʻtadigan oʻyinda “shaharliklar” uchun ochko olish juda muhim.
2573511_w1.jpg
Ispaniyadan uch ochko bilan qaytgan Allegri shogirdlari esa oʻz uylarida Shveysariyaning “Yang Boyz” klubini qabul qiladi. Diskvalifikatsiya sabab Ronaldu ushbu uchrashuvda turinliklarga yordam bera olmaydi.
Germaniya chempioni “Bavariya” oʻz uyida “lolalar yurti” vakillari – “Ayaks”ni qabul qiladi.
2573529_w1.jpg
Madridning “Real” klubi Moskvada SSKA bilan kuch sinashadi. Taʼkidlash joizki, ushbu uchrashuvda Lopetegi jamoasiga Ramos, Beyl, Marselo hamda Iskolar jarohat tufayli yordam bera olmaydi.
Mourino jamoasi “Old Tafford”da Ispaniyaning “Valensiya”sini qabul qiladi. Futbolchilar bilan “sen-men”ga borib qolgan Mour uchun ushbu uchrashuv soʻnggisi boʻlishi ham mumkin.
2573560_w1.jpg
Shuningdek, Gretsiya chempioni AEK “Benfika” bilan, “Lion” “Shaxtyor” bilan “Roma” esa “Viktoriya” bilan kuch sinashadi.
Soat 22:00 da boshlanadigan uchrashuvlar *
Hoffenhaym – Manchester Siti
 
Yuventus – Yang Boyz
Soat 00:00 da boshlanadigan uchrashuvlar
AEK – Benfika
 
SSKA – Real Madrid
 
Bavariya – Ayaks
 
Manchester Yunayted – Valensiya
 
Lion – Shaxtyor Donesk
 
Roma – Viktoriya
* – Toshkent vaqti bilan

 

O’zA