Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahriga keldi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahriga keldi

Nyu-Dehli, 30 sentyabr.
OʻzA maxsus muxbiri Matnazar Elmurodov xabar qiladi.


Hindiston poytaxtidagi “Palam” aeroportida davlatimiz rahbari Hindiston Respublikasi hukumati vakillari tomonidan hind anʼanalariga xos tarzda kutib olindi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.

Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Hindiston muloqotida yangi sahifa ochishi kutilayotgan mazkur tashrifga alohida tayyorgarlik koʻrilgan.

Tashrif davomida Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan mamlakatlarimiz hamkorligini yanada kengaytirishga doir ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

OʻzA

  01.10.2018, 08:50  |    323 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!