Osiyo kubogi – 2019 boshlanishiga 100 kun qoldi

Bugun, 2018-yilning 27-sentabr kuni birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida futbol boʻyicha Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga bagʻishlangan seminar oʻz ishini boshlagani hamda ushbu seminarda Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning vakillari ishtirok etishmoqda.
Hozirgina Abu Dabi shahridagi Shayx Zayd sport majmuasida Osiyo kubogi boshlanishiga 100 kun qolganligi munosabati bilan, teskari hisobni koʻrsatuvchi yaʼni musobaqa boshlanishiga necha kun qolganini koʻrsatib teskari aylanuvchi soat oʻrnatildi va u ishga tushirildi. 
Tadbirda Osiyo futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon, BAA futbol assotsiatsiyasi vakillari, tashkiliy qoʻmita raisi va aʼzolari hamda barcha ishtirokchi terma jamoalarning vakillari ishtirok etishdi.

 

O’zA