photo5269561810472774060.jpgOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanali Bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod MahmudovOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiningoʻrinbosari etib tayinlandi.

Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati boʻyicha Prezident maslahatchisiga oʻrinbosarlik qiladi.

Maʼlumot uchun Farhod Mahmudov 1973-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. U 1996-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi jurnalist. 2008-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

F.Mahmudov 1995-yildan buyon Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelgan.

 

OʻzA