Sankt-Peterburgdagi “Toshkent kunlari”ga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi N.Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya hozirda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida. Delegatsiya Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan “Toshkent kunlari” tadbiriga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, delegatsiya aʼzolari MDH mamlakatlari va RF hududlar boshqarma boshligʻi Ye. Kassyura bilan uchrashib, asosiy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni koʻzdan kechirdi.

 

Gulnoza Boboyeva, OʻzA