Yil oxiriga qadar Qoraqalpogʻistonda shirinmiya ildizini qayta ishlash korxonasi qurib bitkaziladi

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Hindistonning “Ishan Group Companies” kompaniyasi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda kelishib olindi.
“Ishan Group Companies” kompaniyasi toʻgʻridan-toʻgʻri 20 million dollar investitsiya kiritish orqali yiliga 240 tonna shirinmiya ildizini qayta ishlash korxonasini qurish taklifini bermoqda.
Ana shunda 100 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi. Korxonada mahsulotni qayta ishlab eksportga yoʻnaltirish loyihasi ham amalga oshiriladi.
Hozirda ana shu maqsadda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.

 

OʻzA