Vladimir Klichko Garvardda maʼruza qiladi

Ukrainalik bokschi Vitaliy Klichko “Babel”ga bergan intervyusida ukasi – ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko menejment boʻyicha AQSHning Garvard universitetida maʼruza oʻqiydi.
– Vladimir juda ajoyib menejer. U 3-4 yildan beri Shveysariyaning Sankt-Gallen universitetida bir necha bor maʼruza qilgan. Endi u Garvardda maʼruza qilish taklifini oldi. Bu maʼruzalar “Challenge Management” (chaqiruvlarni boshqarish) boʻyicha boʻladi. Garvard uni maʼruzaga chaqirishdan oldin Shveysariyaning universitetidagi baholariga qiziqqan, – deydi Vitaliy Klichko.
Eslatib oʻtamiz, Vladimir Klichko professional boksdagi faoliyatini 2017 yilning avgust oyida yakunlagan. U faoliyati davomida 64 gʻalaba (53 nokaut), 5 magʻlubiyatga (4 nokaut) erishgan.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA