PEFAning baholash mezonlari iqtisodiyotimiz uchun muhimmi?

Avval xabar qilganimizdek, mamlakatimiz va xorijning moliyaviy tashkilotlari ishtirokida oʻtkazilayotgan seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasida (PEFA/PIFA) davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik metodologiyasi mezonlari asosida davlat moliyasini boshqarishning samaradorligini baholashni oʻtkazish masalalari oʻrganilmoqda.
 
photo5267463693178874363.jpg
Davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish doirasida Moliya vazirligi va Jahon banki tomonidan 30 million AQSH dollari miqdoridagi institutsional salohiyatni oshirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
photo5267463693178874365.jpg
Maʼlumki, PEFA – mamlakat davlat moliyasini boshqarish (DMB) tizimi samaradorligi darajasini aks ettiruvchi diagnostik mexanizmdir. U fidutsiar kafolat instrumentni, yaʼni investitsiyalarni kiritish va kreditlashtirish uchun ishonchli baho (Yevropa ittifoqi, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun), shuningdek, DMBning munosib amaliyoti boʻyicha maʼlumotnoma va mamlakat ichida DMB tizimining samaradorlik dinamikasini taqqoslash uchun xizmat qiladi.
Tadbirda ishtirokchilar PEFA metodologiyasi boʻyicha ilmiy-amaliy bilim va koʻnikmaga ega boʻlmoqda.
“Poytaxt” biznes markazida boʻlib oʻtayotgan seminar-treningda soʻz olgan PEFAning mamlakatimizdagi guruhi rahbari Patrik Uma Tet ushbu tizimining amaliy ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.
Seminar ertaga ham oʻz ishini davom ettiradi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA