“Oʻztransgaz” bir guruh jurnalistlarni tizim faoliyati bilan tanishtirmoqda

“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bilan OAV vakillarini va ular orqali butun xalqimizni yaqindan tanishtirish uchun bugun Toshkent viloyatiga press-tur tashkil etdi.
“Sohada innovatsion texnologiyalarni qoʻllash — rivojlantirishning muhim omili” mavzusidagi brifing, press-tur va koʻrgazmadan iborat ushbu tadbirda sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalar, nou-xaular, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, gaz transport tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan saʼyi-harakatlar bilan tanishtirish nazarda tutilgan.
Press-tur doirasida jurnalistlar Toshkent viloyatining Qibray tumaniga yetib kelishdi. Bu yerda mahalla fuqarolar yigʻinidagi xonadonlarning gaz bilan taʼminlanish jarayoni bilan tanishishmoqda.

 

Farhod Umarov, O’zA