Oʻzbekiston III Paraosiyo oʻyinlarida 54 sportchi bilan ishtirok etadi

Oʻzbekiston III Paraosiyo oʻyinlarida 54 sportchi bilan ishtirok etadi. Joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyada III Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida eng koʻp – 54 sportchi bilan ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasini Paraosiyo oʻyinlariga rasmiy kuzatish marosimi oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbarlari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Umid Ahmadjonov Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz sportida katta oʻzgarishlar boʻlgani, buning samarasida 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada oʻtgan VIII Osiyo oʻyinlarida sportchilarimiz yuksak marralarni zabt etganini taʼkidladi. Shuningdek, mamlakatimiz paralimpiyachilari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotganini eʼtirof etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi terma jamoamiz aʼzosi Husniddin Norbekovga tantanali topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, paralimpiyachilarimiz Paraosiyo oʻyinlarida pauerlifting, dzyudo, oʻq otish, suzish va yengil atletika kabi sport turlari boʻyicha bahslarda ishtirok etadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA