Oʻzbekistonda elektr ishlab chiqarish oʻsdi

Elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 9,2 tirlion soʻmni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 7,0 foizini) tashkil etdi. 
Davlat statistika qoʻmitasining Sanoat statistikasi boshqarmasi maʼlum qilishicha, 2018 yilning yanvar – avgust oylarida sanoatning mazkur tarmogʻida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash hajmining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga va gazsimon yonilgʻini ishlab chiqarish va taqsimlash hajmining 0,9 foizga oshganligi kuzatildi.

 

OʻzA