Dekabr oyida “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti ochiladi

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortida olib borilayotgan ishlar boʻyicha seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.
Mamlakatimizda jahon andozalariga mos keluvchi birinchi togʻ dam olish maskani “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti dekabr oyida oʻz faoliyatini boshlashi aytildi. Mazkur togʻ-changʻi kurorti Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi Tyan-Shan togʻ tizmalarida joylashgan boʻlib, u 900 gektar maydonni egallagan.
Tashkilotchilarning maʼlumot berishicha, umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqni tashkil qiluvchi mazkur togʻ-changʻi kurorti loyihasida yettita osma dor yoʻli (kanat), snoubord parki, sport maktabi va boshqa kurort infratuzilmalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

 

Davron Sunnatov, OʻzA