Temir yoʻlda fojia yuz berdi

Bugun, ertalab soat 08:00 larda Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Bogʻishamol koʻchasi, “Salar – Yalongʻoch” bekatlari oraligʻining 4-kilometr 9-piketida “Toshkent – Xodjikent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezdi bilan fojia yuz berdi.
Poyezd temir yoʻlni kesib oʻtayotgan qulogʻida quloqchin taqqan L. ismli ayolni urib yuborgan va u olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan. L. haqida hozircha faqat u 1966 yilda tugʻilgani boʻyicha maʼlumot bor xolos.
Bosh prokuratura axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

OʻzA