ONLAYN. Belarus Respublikasini Oʻzbekistonning qaysi sohalari qiziqtiradi?

Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
01.JPG
Ruxsor Gʻofurova, 
jurnalist:
– Oʻzbekiston Belarus Respublikasi bilan mashinasozlik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikdan manfaatdor. Ular uchun Oʻzbekistonning qaysi sohalari ahamiyatga ega?
Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi Bahrom Sotiboldiyev javob berdi.
– Belarus Respublikasida oʻzbek milliy taomlari sevib isteʼmol qilinadi. Shuningdek, mamlakatimizga kelishga Belarus sayyohlari katta qiziqish bildiradi. Ular yurtimizga vizasiz kelishi mumkin. Narxlarning nisbatan arzonligi, xalqlarimizning madaniy yaqinligi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taʼkidlash joizki, MDH davlatlaridan Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlarning oʻrtacha yoshi 30 dan 50-55 gacha boʻlganlarni tashkil qiladi. Shunday ekan, ularning qiziqishi nafaqat tarixiy obidalar, balki togʻ sporti, eko turizm, tibbiyot kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Navbatdagi yoʻnalish paxta xomashyosidan tayyorlanayotgan tekstil mahsulotlarini Belarusga sotishdir. Bugungi kunda tabiiy xomashyodan tikilgan kiyim-kechaklarga talab yuqoriligini hisobga olsak, Belarus bozorlari tadbirkorlarimiz qulay va ishonchlidir.

 

OʻzA