Oʻzbekiston hukumatining eng yosh vakili yirik tashabbus bilan chiqdi

Xalqaro hamkorlik markazida Oʻzbekiston va Qozogʻiston ayollar biznes-forumi davom etmoqda.
01.JPGAvval xabar berganimizdek, mazkur forum ikki mamlakatning ishbilarmonlik qobiliyatiga munosib baho berish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda duch kelayotgan muammolarni birgalikda bartaraf etish va bu borada kelgusi rejalarni belgilab olishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Forumda Oʻzbekistonning eng yosh vakili – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Saidakbarxon Akbarov yirik tashabus bilan chiqdi. Gap shundaki, u ikki davlat yoshlarini turizm sohasida hamkorlik qilishga chaqirdi. Bu hamkorlikka oʻzbekistonlik yoshlar tayyorligini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-iyun kuni Olmazor tumanida oʻtkazilgan yigʻilishda Saidakbarxon Akbarov Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻyicha bir qator amaliy takliflarini bildirganidan soʻng, Prezident Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini rais oʻrinbosari lavozimiga taklif qilgan edi.

 

OʻzA