Moliya vazirligida yangi tayinlovlar

Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Muvofiqlashtirish va axborot-tahlil Departamenti tashkil etildi.
Moliya vazirligida axborot-tahlil ishlari samaradorligini oshirish, tarkibiy tuzilmalar oʻrtasida axborot almashinuvi jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek, jamoatchilik bilan ishlash va maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash darajasini yanada kuchaytirish maqasadida Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Muvofiqlashtirish va axborot-tahlil Departamenti tashkil etildi. Unga Mirkomil Adilov rahbar etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Moliya Vazirligining 287-sonli buyrugʻiga asosan Azamat Shuhratovich Fazilov Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari va byudjet tashkilotlarining moliya-xisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

 

OʻzA